Shuhrat Rahmonqulov: “Qur'a biz uchun omadliroq keldi. Lekin har bir o'yin qiyin o'tishi aniq”

Narzulla Saydullayev
13 apr 2016, 14:21
Kecha Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Jahon chempionati-2018 saralashining 3-bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhidan o'rin olib, JCHga chiqish yo'lida Eron, Janubiy Koreya, Qatar, Xitoy hamda Suriya terma jamoalari bilan bahs olib boradi. Ushbu qur'a to'g'risida ko'pchilik o'z fikrlarini bildirib o'tmoqda. Biz ham o'z vaqtida milliy terma jamoamiz safida xarakat qilgan sobiq futbolchi, bugungi kunda “Paxtakor” futbol maktabi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Shuhrat Rahmonqulov bilan suhbatlashib, bu borada fikrlarini bilishga qiziqdik.

- Bilasizmi, qur'a biz uchun omadliroq keldi degan bo'lardim. Ammo bu bilan JCHga chiqishimiz aniq deb bo'lmaydi. Boisi har bir o'yin biz uchun murakkab kechishi hozirdan ma'lum. Osiyoning har bir davlatida bugungi kunda futbol jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Har bir raqibni hurmat qilish kerak. Boz ustiga 3-bosqichda kuchsiz jamoaning o'zi bo'lmaydi. Raqiblarimizning barchasi jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun, jiddiy kurashadi. Bu tabiiy xol.

- O'ynasa bo'ladigan raqiblar. Futbolda ko'p narsa omadga ham bog'liq. Taqvim ham biz uchun qulay kelganini aytish lozim. Barchasi o'z qo'limizda. Yigitlarga ishonaman, ular xalqimiz orziqib kutgan damlarni tuhfa eta oladilar.

- “A” guruhida favorit deya Janubiy Koreya bilan O'zbekiston milliy terma jamoalarini aytgan bo'lardim.

- Fursat foydalanib Samvel Babayan boshchiligadig murabbiylar shtabiga va butun milliy terma jamoaga nomzod bo'lgan futbolchilarga navbatdagi hal qiluvchi bosqich o'yinlarida omad va muvaffaqiyat tilab qolaman. Nasib qilsa O'zbekiston 2018 yili Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati ishtirokchisiga aylanadi.


Islombek Rustambekov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia