Shuhrat Rahmonqulov: "Paxtakor" - "Nasaf" o'yinida yaqqol favorit yo'q"

Omonjon To`xtamirzayev
3 noya 2023, 12:21
"Paxtakor", "Nasaf" jamoalarida to'p tepgan sobiq futbolchi Shuhrat Rahmonqulov Superliganing 24-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvdan avval fikrlarini bildirdi.

"Albatta qiziq o'yin bo'ladi. Bir-biriga munosib raqiblar. Ma'lumki, bu o'yindagi g'alaba mezbonlarga rasman chempionlikni taqdim qiladi. O'yinda aniq favorit yo'q, deb o'ylayman. O'ylashimcha, imkoniyatlar teng. Biz chiroyli o'yin tarafdorimiz. Hisob durang bilan tugasa ham ajablanmayman.

"Paxtakor"da chempionlik ruhi bor. Qandaydir omad ham kulib boqyapti. Ularda chempionlik tajribasi katta. Fikrimcha, yakunda baribir "Paxtakor" chempion bo'lsa kerak", - dedi Shuhrat Rahmonqulov.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia