Shuhrat Maqsudov "Dinamo" - "Paxtakor" uchrashuvini tomosha qiladi

Narzulla Saydullayev
26 apr 2014, 12:03
Bugun Samarqandda oliy liganing 6-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bu o'yinni tomosha qilish uchun O'zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi va O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov Samarqand shahriga yetib keldi.

O'yinga 3000 so'mdan chiqarilgan chiptalarning barchasi sotib bo'lingan. Bugun "Dinamo" stadioni to'lib-toshishi kutilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia