Shrivaddanaprabxa MYUdan rekord summa so'ramoqda

Mirjalol Normatov
28 iyul 2019, 11:41
"Lester" va "Manchester Yunayted" himoyachi Garri Maguayrning transferi borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqda.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, mankunianliklar futbolchi uchun 72 million funt hamda jamoa YCHLni yutadigan bo'lsa, bir qancha bonuslar taklif qilgan.

"Lester"ni esa bu narx qoniqtirmagan. Gap shundaki, "Lester"dagilar klubning so'nggi yillardagi natijasi tufayli jamoa YCHLni yuta olmasligini va shu boisdan transfer summasini ko'tarishini so'ragan.

"Lester"ning egasi Ayavat Shrivaddanaprabxa himoyachining transferi uchun MYUdan 76 million funt so'ramoqda. Bu esa "Sautgempton"dan "Liverpul"ga o'tgan Virjil van Deykning transferidan 1 millionga ko'proq deganidir.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail