Shota Arveladze: "Finalda xatolar kechirilmaydi"

Narzulla Saydullayev
28 okt 2018, 17:55
O'zbekiston kubogi finali doirasidagi AGMK - "Paxtakor" (3:1) uchrashuvidan so'ng Shota Arveladze o'z fikrlarini bildirdi.

- Final o'z ssenariysiga mos o'tdi. Xatolar kechirilmaydi. Raqib kutilganidek himoyada yaxshi harakat qildi. Biz o'z o'yinimizni namoyish etolmadik. AGMKni tarixiy g'alaba bilan tabriklayman, - deb gap boshladi Shota Arveladze.

- Bugun jamoaga nima yetishmadi deb o'ylaysiz?
- Bu haqda ko'p gapirish mumkin. Eng asosiysi bizga bugun hissiyot va energiya yetishmadi. Uni qaytarishga urinishimiz kerak. Maydonda biz bergan kuchni o'zimizga qaytarishimiz shart. Balki bu javobim falsafiy chiqqandir.

- Bu mag'lubiyat Superligadagi keyingi o'yinlarga ta’sir qilmaydimi?
- Yordam beradi deb aytmayman. Mag'lubiyat bizga chempionatda yordam beradi. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqarish lozim.

- Igor Sergeev nima uchun kech tushdi?
- Maydonda 11 nafar futbolchi o'ynaydi. Agar Sergeevni tushursam boshqa futbolchini nima uchun tushmadinglar deb savol berishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia