
Oliy liganing 22-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Nasaf" (1:4) uchrashuvidan so'ng g'uzorliklar bosh direktori "Sho'rtan" PFK Olloyor Rasulov saytimizga eksklyuziv intervyu berdi.
"Klub rahbariyatining talablarini to'liq bajarmaganligi va o'z ishiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo'lgani uchun "Sho'rtan" bosh murabbiyi Zoir To'raqulov o'z vazifasidan ozod etildi".
"Klub rahbariyatining qaroriga binoan vaqtinchalik bosh murabbiylik vazifasi shu kunga qadar darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlab kelgan Erkin Mirzaevga topshirildi. Mirzaev shu mavsum oxiriga qadar shu lavozimda ishlaydi".
Bu haqda "Sho'rtan" PFK matbuot xizmati xabar berdi.