"Sho'rtan" uchta transferni amalga oshirdi

Sherzod Nurmatov
26 iyul 2024
Sho'rtan yozgi transfer doirasida tarkibni kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilarni safiga qo'shib oldi.

Birinchi davrada Superliga ishtirokchisi sanalgan Termizning "Surxon" jamoasi tarkibida to'p tepgan Nuriddin Hasanov jamoaga kelib qo'shildi. Tajribali chap qanot yarim himoyachisi yarim mavsumlik shartnoma tuzdi.



Birinchi davrani Xorazmning "Xorazm" jamoasi tarkibida o'tkazgan tajribali himoyachi Sheroz Jalolov ham "oq bo'rilar" safiga kelib qo'shildi. 25 yoshli himoyachi ham jamoa bilan mavsum so'ngiga qadar birga bo'ladi. 



"Lokomotiv" futbol klubi tarbiyalanuvchisi, o'tgan mavsum "Qo'qon-1912" jamoasida harakat qilgan tajribali darvozabon Rustam Nortojiev ham mavsum yakuniga qadar mazkur jamoaga yordam beradi. 



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Шўртан" матбуот хизмати