“Sho'rtan” safiga Aleksandr Pishur kelib qo'shildi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2017, 07:25
Toshkentda navbatdagi tayyorgarlik jarayonini olib borayotgan “Sho'rtan”jamoasi safiga yangi futbolchi kelib qo'shildi.

Aleksandr Volkov tomonidan muqaddam “Bunyodkor” va “Navbahor” klublarida to'p surgan ukrainalik hujumchi  Aleksandr Pishur “oq bo'rilar” mashg'ulotlariga kelib ko'shildi. Ushbu hujumchi ayni kunlarda jamoa ko'rigidan o'tmoqda.

Aleksandr Volkov shogirdlari 15 fevral kuni  ikkita nazorat uchrashuvlari o'tkazishni mo'ljallagan. Soat 10:00da boshlanadigan bahsda g'uzorliklar, birinchi liga vakili “Oqtepa” jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Bunda Volkov “Sho'rtan”ning ikkinchi tarkibini maydonga tushiradi. Bu uchrashuv “Oqtepa” jamoasi maydonida bo'lib o'tadi.

Sirg'ali tumanidagi sun'iy maydonda 15:00da boshlanadigan nazorat uchrashuvi esa “Qo'qon-1912″ yoki “So'g'diyona” jamoasiga qarshi bo'ladi. Bu uchrashuvda asosiy tarkib o'yinchilarini maydonga tushirish rejalashtirilgan.

Faxriddin Choriev


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz