“Sho'rtan” PFKda rahbar o'zgardi

Narzulla Saydullayev
3 apr 2016, 08:05
Shu paytgacha “Sho'rtan” PFKda klub direktori bo'lib ishlagan Oblayor Rasulov o'z vazifasidan ozod qilingan.

Bizgacha yetib kelgan xabarlarga ko'ra, “Sho'rtan” PFKga yangi rahbar etib, vohalik futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo'lgan Shodi aka Namozov tayinlangan.

Shodi aka Namozovni vohalik futbol ishqibozlari u kishini futbol fidoyilaridan biri sifatida yaxshi bilishadi. Bu kishi futbolni yaxshi tushunibgina qolmay balki, voha futbolini jonkuyari hamdir.

Umid qilamizki, keyingi yillarda maqie pasayib borayotgan “Sho'rtan”dek nomdor klubning faoliyati ijobiy tomonga yuz tutadi.

Barcha vohalik futbol ishqibozlari nomidan Shodi aka Namozovning “Sho'rtan” klubi  rahbarligi faoliyatida ulkan zafarlar  tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz