Quvonarlisi shundaki, jamoaning bosh homiysi - “Sho'rtanneftgaz” Unitar Sho'ba Korxonasi ushbu xayrli ishlarda doimgidek, har tomonlama bosh-qosh bo'lmoqda. Bu holat jamoa rahbariyati kuchiga-kuch qo'shmoqda, ayniqsa, yig'inlarda o'z ishtirokini boshlagan futbolchilarni anchagina ruhlantirmoqda.
Kuni-kecha, 7 yanvar sanasida jamoaning G'uzordagi qarorgohida “Sho'rtan” PFK MCHJning bosh direktori Oblayor Rasulov mazkur yig'inda qatnashayotgan futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan kengaytirilgan tarzda yig'ilish o'tkazdi. Unda jamoaning yangi 2014 yilgi mavsumdagi ishtiroki bilan bog'liq barcha muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, Oblayor Rasulov klub rahbariyati hamda bosh homiy - “Sho'rtanneftgaz” USHK boshqaruv raisligi nomidan futbolchilar oldiga 2014 yilgi futbol mavsumida eng yuqori natijaga erishib, Oliy ligaga chiqish yo'llanmasini ijobiy hal qilish vazifasini qo'yar ekan, bu borada biror bir moliyaviy muammolar, uzilishlar va qiyinchiliklar bo'lmasligini ishontirib, ta'kidlab o'tdi. O'z o'rnida Muxtor Qurbonov boshchiligidagi murabbiylar guruhiga tajribali futbolchilar qatorida, tarkibni munosib o'yinchilar hisobiga mukammal shakllantirish, shuningdek, klub rahbariyati bilan kelishilgan holda mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rish asosida ishlab chiqilgan rejaga muvofiq, jamoa oldiga qo'yilgan bosh maqsad yo'lida ustuvor harakat qilish vazifasi o'ta jiddiy talab asosida ilgari surildi.
Ayni paytda, Muxtor Qurbonov boshchiligida jamoa azolari dastlabki tayyorgarlik bosqichiga kirishishdi. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda.
So'nggi so'z o'rnida takidlash joizki, yig'ilish yakunida “Sho'rtan” klubi bosh direktori Oblayor Rasulov 2014 yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayoni rahbariyat va murabbiylar guruhi bilan kelishilgan holda to'rt bosqichda o'tkazilishini ma'lum qildi.
“Jamoamizning birinchi bosqich tayyorgarligi 7-23 yanvar kunlari barcha zamonaviy qulayliklarga ega bo'lgan G'uzordagi o'z qarorgohimizda o'tishi belgilandi. Keyingi ikki bosqich poytaxtda tashkillashtiriladi. Mavsum arafasidagi hal qiluvchi bosqich mashg'ulotlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay yoki Turkiyaning Antaliya shaharlaridan birida o'tishi ko'zda tutilmoqda. Tez orada yana mamlakat futbolining elitasiga qo'shilishimiz yo'lida xorijiy yig'in o'tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Bosh homiymizning “Sho'rtan”ga qaratayotgan e'tibori va katta yordamiga tayangan holda shuni aytishim kerakki, nafaqat xorijiy yig'in o'tkazish, umuman yilda davomida va bundan keyin ham klubimizda moliyaviy masalalar bilan bog'liq muammolar kuzatilmaydi”, - dedi “Sho'rtan bosh direktori O.Rasulov.
“Sho'rtan” PFK matbuot xizmati ma'lumoti.