“Sho'rtan” jamoasi o'z qarorgohida mashg'ulotlarga kirishdi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2018, 11:32
Kecha “Sho'rtan” jamoasi g'uzordagi o'z qarorgohida mahalliy yosh futbolchilar bilan dastlabki mashg'ulotlarini o'tkazishdi.

Mashg'ulotlarni vaqtinchalik jamoa texnik direktori, sobiq murabbiy Bohodir Shoymardonov hamda yordamchilar yoshlar jamoasi murabbiyi Akmal Saytqulov va darvozabonlar murabbiyi Erkin Mirzaevlar olib borishmoqda.

Bohodir Shoymardonov takidlashicha, bugun jamoaga  asosiy tarkibining bir qator futbolchilari mashg'ulotlariga kelib qo'shiladi.

Ular Hasanboy Ergashov, Olim Karimov, G'ulom Raxmonov, Alibek Turobov, Otabek Narzullaev.

O'tgan mavsum ikkinchi davrada g'uzorliklar safiga kelib qo'shilgan Ruslan Melziddinov ham kelish ehtimoli bor.

Eslatib o'tamiz, 21 yanvar sanasida “oq bo'rilar” o'z maydonida “Mashal” jamoasi yoshlariga qarshi dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazishadi.


Fahriddin Choriev.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia