"Sho'rtan" 2025 yilgi mavsumni Qarshidagi stadionda boshlaydi

Tolibjon Qosimov
27 dek 2024
Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan "Sho'rtan" klubi o'z uy stadioni maydonini Liga talabi bo'yicha ta'mirdan chiqarguniga qadar raqiblarini Qarshidagi "Markaziy" stadionda qabul qiladi.

Bu borada har ikki klub o'zaro kelishuvga erishdi.

Yangi mavsumga qur'a tashlanayotganda mazkur holat inobatga olinadi hamda "Nasaf" va "Sho'rtan" o'zaro juft jamoalar sifatida saralanadi. Bu esa har turda ulardan birining o'z uyida, ikkinchisining esa safarda o'yin o'tkazishini kafolatlaydi. Avvalroq "Dinamo" va "Qizilqum" ham Navoiydagi stadion ta'mirdan chiqquniga qadar bitta stadiondan foydalanib turishi ma'lum qilingandi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz