

“The Guardian” xabariga ko'ra, “shaharliklar” fransiyalik iqtidor sohibining transferi bo'yicha muzokaralarning yakuniy bosqichiga kirishgan. Fransiya klubi o'z vunderkindini 100 million evroga baholamoqda.

Buaddi JCH-2026’da Marokash terma jamoasining yarim finalgacha yetib borishiga katta hissa qo'shib, musobaqaning eng yorqin kashfiyotlaridan biriga aylandi. Bu tayanch yarim himoyachisiga “Arsenal”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, PSJ va “Bavariya” kabi grandlar qiziqish bildirgan bo'lsa-da, “Manchester Siti” kurashda peshqadamlik qilmoqda. Insayder Nikolo Skiraning takidlashicha, Buaddi “Siti” bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Enco Mareska jamoasi uchun bu shu yozda yarim himoyadagi ikkinchi yirik xarid bo'lishi mumkin - bundan oldin “Siti” Elliot Andersonni “Nottingem Forest”dan 116 million funtga sotib olib, Britaniya transfer rekordini yangilagandi. Jamoa maydon markazini butunlay qayta qurayotgani Rodrining “Barselona”ga o'tgani bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir.
Takidlash joizki, Jahon chempionatidan so'ng yarim himoyachining Transfermarkt'dagi narxi 50 million evrodan 80 million evrogacha ko'tarildi va u Ashraf Hakimini ortda qoldirib, eng qimmat marokashlik futbolchiga aylandi.


