"Sho'rtan" 15 yildan so'ng Toshkentda "Bunyodkor"dan ochko oldi

Iskandarov Abdulaziz
9 avg 2025, 10:45
Kecha Superliganing 17-turida "Bunyodkor" - "Sho'rtan" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekdi (1:1). Shu tariqa g'uzorliklar 15 yildan so'ng "Bunyodkor"dan safarda ochko oldi. Jamoa oxirgi marotaba 2010 yil shunday natija qayd etgan edi. Denilson tomonidan urilgan golga "Sho'rtan"dan Zayniddin Tojiev javob qaytargan. Bu jamoalarning poytaxtda kechgan o'n birinchi bahs sifatida tarixga kirdi. 

"Bunyodkor" navbatdagi uchrashuvini 13 avgust kuni "Surxon"ga qarshi o'tkazsa, "Sho'rtan" 12 avgust kuni o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia