Shomurodovning jamoasiga yangi murabbiy izlanyapti

Aslanov Jasurbek
19 dek 2017, 00:13
Rossiyaning “Rostov” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyligiga nomzod mutaxassislar bilan muzokara olib boryapti.

Donnews.ru portali xabariga ko'ra rostovliklar Leonid Sluckiy, Valeriy Karpin va Rashid Raximov bilan muzokaralarni boshlagan. “Krasnodar” klubining sobiq ustozi Oleg Kononov nomzodi ro'yxatda yo'q.

Avvalroq, Kononovdan tashqari Igor Cherevchenko varianti ham nomzodlar ro'yxatida ko'rsatilgan edi. Leonid Kuchuk iste'foga chiqarilganidan so'ng ayni paytda Dmitriy Kirichenko vaqtinchalik murabbiy vazifasini bajaryapti. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif