Rasman: Valijon Rahimov - "Navbahor" futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2026
Tajribali darvozabon Valijon Rahimov namanganliklar bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Valijon Rahimov – 1995 yil, 16 fevralda Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug'ilgan. 

Faoliyati davomida “Xorazm” (Urganch, 2012 – 2014 yilning 1-davrasi), “Paxtakor” (Toshkent, 2014-2017 yilning 1-davrasi), “Lokomotiv-BFK” (Toshkent, 2017 yilning 2-davrasi), Turkiyaning “Sultan Orharspor” (2018 yil), “1920 Maras spor” (2018 yil), “Kayirova spor” (2019 yil), shuningdek, OKMK (Olmaliq, 2020-2024 yillar), “Andijon” (Andijon, 2025 yilning 1-davrasi), "Bunyodkor" (Toshkent, 2025 yilning 2-davrasi) jamoalarida o'ynagan. 

Valijon Rahimov 2021 yildan buyon O'zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchi hisoblanadi", – deyiladi xabarda.

Avvalroq saytimiz orqali Rahimov "Navbahor"ga o'tishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати