

Insayder Janluka Di Marcioning ma'lum qilishicha, O'zbekiston terma jamoasi futbolchisiga "Bolonya" tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Klub Shomurodovni ijara asosida o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Avvalroq Shomurodovga "Torino" tomonidan qiziqish borligi xabar qilingandi. Biroq, "Roma" va "Torino" bu borada hozircha kelisha olmadi.



