Shokir Yuldashev: "Shunchaki omadimiz kelmadi"

Narzulla Saydullayev
20 mar 2016
O'zbekiston kubogining 1/16 final bosqichida "Mashal-2" asosiy tarkib jamoasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng birinchi liga jamoasi futbolchisi Shokir Yuldashev o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'zbekiston kubogining omadimiz kelmagani uchun tark etdik. To'g'ri, asosiy tarkib bizdan kuchliroq lekin bu o'yinda biz yomon o'ynaganimiz yo'q. Endi e'tiborimizni chempionatga qaratamiz. Birinchi maqsadim ko'proq gol urib jamoaga g'alaba keltirish. Bu o'yinda menga bir marta yaxshi imkoniyat bo'ldi afsuski men xatoga yo'l qo'ydim. Asosiy tarkib jamoaga esa omad tilayman. "Mashal-2" tarkibida harakat qilgan barcha futbolchilar bir jamoa bo'lib o'ynadi. Penaltilar seriyasi esa shunchaki omadsizlik va unda omadimiz kelmadi", - deydi Shokir Yuldashev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia