Shmeyxel “Lester”da 400-uchrashuvini o'tkazdi

17 yanv 2021, 09:42
APL 19-turi doirasida “Lester” o'z uyida “Satgempton”dan ustun keldi.

Ushbu bellashuv “tulkilar” posboni Kasper Shmeyxel uchun jamoasi safidagi 400-uchrashuvi bo'ldi. U 10 yildan buyon (2011/2012 yilgi mavsum) “Lester” sharafini himoya qilib kelmoqda. 2016 yili Kasper jamoa bilan APL chempionligiga erishgan.

Joriy mavsumda posbon APLda 17 uchrashuvda maydonga tushib, olti uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishning uddasidan chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Лестер" Твиттери