Shik maydon markazidan rekordli gol urdi

Aslanov Jasurbek
14 iyun 2021, 20:02
Chexiya hujumchisi Shotlandiya bilan o'yinda dubl qayd etdi. Uning ikkinchi to'pi 52-daqiqada uzoq masofadan kiritildi.

25 yoshli Chexiya hujumchisi Evro-2020 doirasida Shotlandiya darvozasiga o'zining ikkinchi to'pini 49.7 yard, yani 45.44 metr masofadan kiritdi. Bu 1980 yildan beri Yevropa chempionatlaridagi rekorddir - hech kim Shikdan uzoqroq masofadan gol urmagan. Ma'lumot uchun, 1980 yildan oldin ushbu statistika hisoblanmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: OptaJoe