Shevchenko murabbiyligidagi Ukraina terma jamoasi ketma-ket 12 ta o'yindan beri yutqazmayapti

4 sen 2020, 08:36
Millatlar Ligasi 1-turida Ukraina termasi Shveytsariya ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.

Andrey Shevchenko jamoasi 12 ta o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Ukrainlar so'nggi bor 2018 yil 16 noyabrida Millatlar Ligasi musobaqasi doirasida Slovakiyaga 1:4 hisobida engilgandi.

Mamlakat bosh jamoasi 8 ta o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, 4 ta o'yinda durang qayd etdi. To'plar nisbati 22:7.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tribuna.com