Sherzod Qosimov OFK Kubogi saralash bosqichining pley-offidan o'rin olgan uchrashuvni boshqaradi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2019, 11:39
Avvalroq, o'zbekistonlik hakamlar turli xalqaro musobaqalarda ishlash uchun taklif etilayotgani haqida xabar berib o'tgandik.

Jumladan, hamyurtimiz Sherzod Qosimov OFK Kubogi saralash bosqichining pley-offidan o'rin olgan uchrashuvda ishlaydi. Mazkur o'yinda Gonkongning "Tay Po" jamoasi KXDRning "Ryomyong" va Mo'g'ulistonning "Erchim" jamoalari o'rtasidagi o'yin g'olibiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 13 mart kuni Gonkongda bo'lib o'tadi.  Sherzod Qosimovga qanotlarda Husniddin Shodmonov va Sanjar Shoyusupovlar yordam berishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz