Sherzod A'zamovni tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2016, 10:52
Bugun “Nasaf” jamoasining iqtidorli himoyachisi Sherzod A'zamovning tavallud ayyomi kuni, Sherzod bugun 26 yoshni qarshi oldi.

Sherzod A'zamov ancha yillardan beri “Ajdarlar” safida faoliyat yuritib kelmoqda, keyingi yillardagi uning yorqin o'yini muxlislarning olqishiga sazovor qilmoqda.

Sherzod A'zamovni jamoa muxlislari bir ovozdan 2015 yilgi mavsum bo'yicha “Eng yaxshi o'yinchi” sifatida etirof etishgan.

Barcha futbol ishqibozlari nomidan Sherzodjonni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz. Unga avvalo mustahkam sog'lik va uzoq umr tilaymiz. Baxt va omad doimo hamrohi bo'lsin deymiz!

Bizning umidimiz – SH.A'zamov hali  ko'p yillar “Nasaf” jamoasi safida to'p tepib, kattadan-katta yutuqlarni qo'lga kiritadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz