"Sherif" Yaxshiboevni YCHL uchun qaydnomaga kiritdi

Alisher
4 sen 2021
Xabaringiz bor, o'zbekistonlik xavbek Jasur Yaxshiboev CHL debyutanti "Sherif" safida ijara asosida o'ynamoqda.

UEFA rasmiy saytining ma'lumotiga ko'ra, Jasur Yaxshiboev "Sherif"ning Yevropa Chempionlar Ligasi uchun qaydnomasiga kiritilgan.

Hamyurtimiz Moldova jamoasi tarkibida 17-raqam ostida harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, ushbu jamoa o'z tarixida ilk bor CHLda ishtirok etadi. Klub guruh bosqichida "Real", "Inter" va "Shaxtyor" (Doneck) klublari bilan o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com