"Sherdor":
"Sherdor" kelayotgan mavsumda ham to'liq mahalliy futbolchilar bilan uchrashuvlar olib boradi. Jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabida o'zgarishlar bo'lmagan. Jamoa bilan hozircha Turg'un Qobilov va Iskandar Xolmirzaevlar mashg'ulot olib borayotgani yo'q. Ikki futbolchi "Dinamo" jamoasida ko'rikdan o'tmoqda. Tarkibga bir qancha mahalliy yoshlar jalb etilgan.
Hozirda jamoa shahrimizning "FUTZAL" sport kompleksiga qarashli zalda mashg'ulotlar olib bormoqda. Mashg'ulotlarda ellikka yaqin futbolchilar ishtirok etayapdi. Jamoa asta-sekinlik bilan shakllanib boradi.
"Registon":
"Registon" klubi ham bugundan mashg'ulotlarni boshladi. Ushbu jamoa bosh direktorini ma'lum qilishicha kelayotgan mavsumda jamoa to'liq mahalliy futbolchilar bilan o'ynaydi. Jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabida o'zgarishlar bo'lmagan. To'liq mahalliy futbolchilar o'ynaganligi bois jamoani ko'pgina o'yinchilar tark etgan.
Hozirda jamoa shahrimizning Olimpiya zaxiralari kollejining sport zalida mashg'ulotlar olib bormoqda. O'ttizdan ziyod futbolchilar mashg'ulotlarga kirishdi.