Shensnining "Yuve"dagi kelajagi so'roq ostida

Sherzod Nurmatov
29 iyun 2023, 10:55
Darvozabon klubini o'zgartirishi mumkin.

Voycex Shensnining kelajagi noma'lum. "La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "Yuventus" polshalik darvozabondan qutulmoqchi.

Sababi uning yuqori maoshi. Biroq Shensni "Yuventus"da qolmoqchi. Shartnoma uni klub bilan 2025 yilning o'rtalariga qadar bog'laydi.

Manbaning takidlashicha, "Yuventus" polshalikdan qutulish uchun yon berishga qodir. Hatto uni tekinga qo'yib yuborishga ham rozi.

Jamoaning boshqa darvozaboni Mattia Perin ham "Yuventus"da qolishni istaydi. Italiyalik darvozabon hozircha "Fenerbaxche"ga o'tish imkoniyatidan foydalanish niyatida emas.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport