Shayx Mansur 13 yilda birinchi marta "Manchester Siti" o'yiniga tashrif buyuradi

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2023, 21:32
Shayx Mansur 13 yilda ilk bora o'zi egalik qiladigan "Manchester Siti"ning o'yiniga tashrif buyuradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, BAA shayxi Istanbulga uchib ketgan va "Inter"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinini stadiondan kuzatadi.

Shayx Mansur so'nggi bor 13 yil avval "Manchester Siti"ning rasmiy o'yiniga tashrif buyurgan edi. O'shanda u "Manchester Siti" hamda "Liverpul" o'rtasidagi bahsni stadiondan kuzatgan.

Eslatib o'tamiz, Mansur bin Zayid Al Nayyan 2008 yilda "Manchester Siti"ni sotib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic