Shayh Salmon Osiyo Chempionati uchun O'zbekistonga minnatdorchilik bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
22 fev 2016, 16:10
Kecha futzal bo'yicha XIV Osiyo Chempionati yakunlandi.

Turnir g'olibligi Eron terma jamoasiga nasib etgan bo'lsa, O'zbekiston, Tailand, Vetnam hamda Avstraliya terma jamoalari JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayh Salmon bin Ibrohim al Halifa ushbu terma jamoalarni barchasini tabrikladi va yuqori saviyadagi tashkilotchilik uchun O'zbekistonga minnatdorchilik bildirdi.

"Eron terma jamoasini chempionlik bilan tabriklayman. JCHda Osiyo sharafini himoya qiladigan beshta kuchli terma jamoaga ega ekanligimizdan xursandman.

Turnir muvaffaqiyatli tarzda tashkil qilindi. Buning uchun mahalliy tashkilotchilarga, O'zbekiston futbol federatsiyasiga minnatdorchilik bildiraman", - deyiladi OFK prezidenti bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia