Shavkat Mullajonov Toshkentga yetib keldi

Narzulla Saydullayev
6 noya 2013, 09:59
Xabaringiz bor, noyabr oyining ikkinchi yarmida O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi-2015 saralashi doirasida ikkita o'yin o'tkazadi.
"Xitoy chempionati tugab, O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Shavkat Mullajonov Toshkentga yetib keldi. Umuman olganda milliy terma jamoa a'zolari asta-sekin Toshkentdagi yig'inga yetib kelishni boshlashmoqda. Yig'in esa, keyingi haftada boshlanadi", - deb yozadi O'FF rasmiy tvitteri.

Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 15 noyabr kuni Vetnam, 19 noyabr kuni esa Gonkong mehmoni bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia