Sharmandalik: Turkiyada muxlislar hakamning boshiga velosiped bilan zarba berishdi!

Aslanov Jasurbek
16 fev 2026, 22:37
Turkiya futbolida hakamlarga nisbatan zo'ravonlikning navbatdagi va eng aql bovar qilmas ko'rinishi qayd etildi.

Malatya havaskorlar ligasida bo'lib o'tgan uchrashuvda muxlislar qanot hakamiga bolalar velosipedini uloqtirishdi.

Malatya 1-havaskorlar ligasining 10-turi doirasidagi "Darendespor" - "Hekimhan Belediesi Girmanaspor" uchrashuvi fojia bilan yakunlanishiga bir baxya qoldi.

Voqea xronologiyasi:

Vaziyat: Uchrashuvning 87-daqiqasida, hisob 1:1 bo'lib turgan paytda Darendespor gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Qaror: Uchrashuvning 1-qanot hakami Hakan Bashkurt vaziyatda o'yindan tashqari holat borligini qayd etib, golni bekor qildi.

Agressiya: Bu qarordan g'azablangan mezbon jamoa muxlislari maydonga turli buyumlarni uloqtirishdi. Eng dahshatlisi shundaki, tribunadan hakamga qarata bolalar velosipedi otildi.

Jarohat: Velosiped hakam Hakan Bashkurtga kelib tegdi. Zarba oqibatida hakamning chap qoshi qattiq jarohatlandi, u zarba kuchidan maydonga yiqilib, hushini yo'qotdi.

Oqibat:

Hakamga zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatildi. Ushbu holat Turkiya futboli jamoatchiligini yana bir bor larzaga soldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Futbol Anadolu