

Ushbu klub o'tgan mavsum Xitoy Superligasida 3-o'rinni egallagandi. Shu bois "Shanxay SIPG" 2017 yilgi OCHL pley-off bosqichida ishtirok etadi.
Klub 7 fevral kuni o'z maydonida bo'ladigan o'yinda g'olib chiqsa guruh bosqichiga yo'l oladi. 31 yanvar kuni bo'lib o'tadigan "Sukxotai" (Tailand) - "Yadanarbon" (Myanmar) o'rtasidagi o'yin g'olibi "Shanxay SIPG" bilan o'ynaydi.
Agar "Shanxay" pley-offda g'olib bo'lsa "F" guruhidan joy oladi. Ushbu guruhda Janubiy Koreyaning "Seul", Avstraliyaning "Vestern Sidney Uonderers" klublari o'rin olgan. Yana bir jamoa Yaponiya J-ligasida ikkinchi o'rinni olgan klub bo'ladi.

OCHL-2017. Qur'a tashlandi yoxud "Lokomotiv" "A" guruhidan joy oldi



