"Shanxay Shenxua" Remi uchun 14 mln. evro taklif qiladi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2016, 14:16
"Chelsi" hujumchisi Loik Remi faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

29 yoshli fraciyalikka bir necha yil oldin Dide Drogba o'ynagan "Shanxay Shenxua" qiziqish bildirmoqda. Ayni damda "Chelsi"ning sobiq hujumchisi Demba Ba ham xitoyliklar safida to'p tepmoqda.

"Shanxay Shenxua" "Chelsi"ga Remi uchun 14 mln. evro taklif qilishga tayyor. Loikning Xitoy klubidagi yillik maoshi 7 mln. evroni tashkil qilishi mumkin.

Angliya Premer-ligasi turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror