

Ma'lumotlarga ko'ra, Xitoy klub 47 yoshli mutaxassisning vakillari bilan bog'landi.
"Shanxay Shenxua" Gustavo Poyet qo'l ostida 22 ta uchrashuv o'tkazdi va ayni damda Xitoy chempionatida 11-o'rinni egallab turibdi.
"Barselona" bosh murabbiyi vazifasini tark etgan Luis Enrike bir yil tatil olmoqchi, biroq u "Shanxay Shenxua"ni boshqarmoqchi bo'lsa, tezroq murabbiylik vazifasiga qaytishiga to'g'ri keladi - Xitoy chempionatida yangi mavsum 2018 yilning boshida start oladi.
Eslatib o'tamiz, Luis Enrike "Barselona" bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.



