“Shanxay Shenxua” Kavenagiga 20 barobar ko'p maosh to'lashga tayyor

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2014, 15:27
Argentinaning “River Pleyt” klubi hujumchisi Fernando Kavenagiga Xitoyning “Shanxay Shenxua” jamoasi super taklif bilan chiqdi.
Shanxayliklar argentinalik futbolchiga hozir olayotganidan 20 barobar ko'p maosh taklif qilishdi.

Agar Kavenagi taklifga rozi bo'lsa, u bilan 3 yillik shartnoma imzolanadi. 30 yoshli futbolchi hali bir qarorga kelgani yo'q. Takidlash joiz, “Shanxay Shenxua”ga Kavenagining vatandoshi Serxio Batista murabbiylik qilmoqda. Yana bir ma'lumot, o'tgan oyda aynan Kavenagining dubli “River Pleyt”ga Argentina chempionligini taqdim etgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com