"Shandun Lunen" licenziyalash talabini bajarmagani uchun OCHLdan chiqarildi

Alisher
8 fev 2021, 16:18
Ushbu Xitoy klubi Osiyo Chempionlar Ligasining yangi mavsumida ishtirok etmaydi.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK)ning mustaqil nazorat organi klublarni licenziyalash to'g'risidagi nizomning 7.3.4 va 7.3.5 moddalariga binoan "Shandun Lunen"ning OCHL-2021da ishtirok etish borasidagi licenziyasini qaytarib oldi.

Klub OCHL licenziyalash qoidalarining majburiy F.04 mezonidagi kreditorlik qarzlarini qondirmagan va shunga ko'ra klubga licenziya berilmaslik kerakligi aniqlandi.

"Shandun Lunen" OFK Chempionlar Ligasi-2021da ishtirok etish huquqiga ega emas deb e'lon qilindi va mavjud o'rin qo'llanmaga muvofiq taqsimlanadi.


AlisherMuallif
Manba: the-afc.com