"Shalke" to'purari jarohati bois mavsum oxirigacha safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
27 may 2020, 00:47
"Shalke" yarim himoyachisi Suat Syerdar jarohati sababli bir necha oyni o'tkazib yuboradi.

Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi mavsum oxiriga qadar safdan chiqqan. U chap tizzasidan jarohat olganligi aytilmoqda.

23 yoshli Syerdar ushbu mavsumda Bundesligada 20 o'yindi ishtirok etib, 7 ta gol urgandi va jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lib turgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/s04_en