"Shalke" "Barselona" futbolchisini o'zida olib qolmoqchi

10 apr 2020, 00:25
"Shalke-04" klubi transfer huquqi "Barselona"ga tegishli Jan-Kler Todiboni saqlab qolish niyatida.

Nemis klubi 20 yoshli fransiyalik futbolchining ijara muddatini uzaytirishni xohlamoqda, deb xabar berdi "Sport.es".

Dastlab, gelzenkirxenliklar Todiboni yozda 25 mln evro evaziga xarid qilmoqchi edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy muammolar bunga to'sqinlik qilmoqda.

O'z navbatida, "Barselona" ijara muddatini uzaytirishga rozi bo'lmasigi mumkin, chunki "ko'k-anorranglilar"  rahbariyati Todiboni sotib yuborishni variantini maqul ko'radi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es