“Shalke” 4 yillik tanaffusdan so'ng YCHLda o'ynaydi

6 may 2018, 09:01
“Shalke” klubi Germaniya Bundesligasining navbatdagi turida “Augsburg” jamoasini mag'lub (2:1) etdi.

Chempionat yakunlanishiga bir tur qolgan bir paytda Gelzenkirxen jamoasi turnir jadvalida o'zi uchun ikkinchi o'rinni naqd qildi. “Shalke” eng yaqin taqibchisi Dortmundning “Borussiya” klubidan 5 ochkoga o'zib ketdi. Bu bilan “Shalke” o'zi uchun kelasi mavsum YCHLda ishtirok etishni naqd qildi. 

Jamoa to'rt yillik tanaffusdan so'ng qitaning bosh turnirida ishtirok etadi. Gelzenkirxenliklar so'nggi bor mavsum-2014/15da YCHLning 1/8 finaliga qadar yetib borishgan va “Real”ga imkoniyatni boy (0:2, 4:3) berishgan edi.

O'xshash yangiliklar