“Shalke-04” “Real” sobiq o'yinchisi bilan shartnoma imzoladi

29 iyun 2018, 09:20
“Ayntraxt” yarim himoyachisi Omar Maskarel faoliyatini “Shalke-04”da davom ettiradi.

25 yoshli futbolchi jamoa bilan 4 yillik shartnoma tuzdi.

Transfer 10 mln evroga baholanmoqda.

Omar avval “Real” tizimida faoliyat yuritgan. Ammo asosiy tarkibga kira olmagan. Avvalroq “Real” futbolchini qayta sotib olib, uni “Bavariya”ga sotishi mumkinligi haqida xabarlar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Шальке-04” расмий сайти