"Shalke-04" Bundesliga tarixiga kirdi

Mirjalol Normatov
17 may 2020, 13:59
Bundesliganing 26-turida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yinda "Shalke-04" jamoasi tarkibida 5 o'zgarish sodir bo'ldi.

Gelzenkirxenliklar bosh murabbiyi Devid Vagner uchrashuv tanaffusida Matondo va Burgshtallerni maydonga tushirgandi. 73-daqiqada Shopf, 76-daqiqada Miranda o'yinga tashlandi. 87-daqiqada esa Bekker o'yinga qo'shildi.

Shu orqali Bundesliga tarixida ilk marta bir o'yinda 5 o'zgarish sodir bo'ldi.

Uchrashuvda dortmundliklar 4:0 hisobida g'alabaga erishdi

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia