Shakirini tarkibiga qo'shib olmoqchi bo'lgan klublar nomi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
26 iyul 2021, 23:57
"Goal" nashri "Liverpul" futbolchisi Jyerdan Shakirini tarkibiga qo'shib olmoqchi bo'layotgan klublar ro'yxatini yozib o'tdi.

29 yoshli futbolchi uchun asosiy da'vogar "Lacio" bo'lib turibdi. Shuningdek, "Napoli", "Sevilya" va "Vilyarreal" kabi klublar ham uning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq futbolchi "Liverpul"dan ketishga tayyorligini, "Lacio"da o'ynash istagi yuqori ekanligini aytib o'tgandi.

Shveytsariyalik 2018 yildan buyon "Liverpul" tarkibida harakat qilmoqda. Bunga qadar u "Stok Siti", "Inter", "Bavariya" va "Bazel" kabi jamoalar tarkibida harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal