Shayx Salmon OFK prezidentligiga qayta saylandi

Narzulla Saydullayev
30 apr 2015, 14:52
Ayni paytda Bahraynning Manama shahrida OFKning navbatdagi- 26-kongressi bo'lib o'tmoqda.
Kongressda O'zbekiston Futbol Federatsiyasi birinchi vice-prezidenti- Sardor Rahmatullaev ham ishtirok etmoqda.

OFK kongressining kun tartibidagi eng muhim masala OFK va FIFA asosiy lavozimlariga nomzodlarni saylashdan iboratdir.

Aytish joizki, OFK ijroiya qo'mitasi a'zoligiga nomzodlar orasida Sardor Rahmatullaev ham bor.

Bir necha daqiqa avval esa OFK kongressida Shayx Salmon bin Ibrohim Al Halifa OFK prezidentiligiga qayta saylandi.

Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia