

"Bunyodkor" jamoasiga tezda qo'shilib ketdi. Bu yerda ham muhit ajoyib ekan. Futbolchilarning barchasi bir-biri bilan ahil. Tezda ko'nikib ketdim deya olaman. "Qo'qon-1912" va "Olmaliq"qa qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdik. Murabbiylar barcha o'yinchilarni sinab ko'rish uchun 45 daqiqadan o'ynatishmoqda. Toshkentda yana bir o'rtoqlik o'yinini o'tkazamiz va Dubayga yo'l olamiz. U yerda ham mashg'ulotlar va bir qator uchrashuvlar o'tkazish rejada bor. Barcha tayyorgarlik 9 fevraldagi "Al Shabab" bilan bahsga qaratilgan", - deydi Nurmatov.



