

"Juda ham qiyin uchrashuvda g'alaba qozondik va bundan xursandmiz. Biz g'alabaga ishongan edik va yakunda bunga erishdik. Ketma-ket muvaffaqaiyacizliklardan chiqib ketish uchun kerakli g'alaba bo'ldi.
Jamoada jarima zarbalarini ijro etadigan ko'plab futbolchilar bor. Bu vaziyatda futbolchilar menga ishondi. Mana shu zarbam gol bo'lishini ich-ichimdan sezgan edim. Kim tepishini ahamiyati u darajada katta emas asosiysi muvaffaqiyatli chiqsa bo'ldi.
"Lokomotiv"ga qarshi qiyin o'yin kutmoqda. Engil nafas olishga vaqt kam. Toshkentga faqat g'alaba uchun boramiz", - deydi Shaymanov.
"Mashal" matbuot xizmati



