"Sevilya" sport direktori "Aston Villa"ga yo'l oldi

Sherzod Nurmatov
17 iyun 2023, 12:37
Unai Emeri bilan ittifoq tiklandi.

Ramon Monchi "Aston Villa"ning futbol operaciyalari bo'yicha prezidenti bo'ldi, deb xabar berdi Birmingem klubi rasmiy sayti. Ispaniyalik funkcioner bu lavozimni egalladi va "Sevilya"dagi sport direktori lavozimini bo'sh qoldirdi.

Umuman olganda, Monchi 23 yil "Sevilya"da ishlagan, orada ikki mavsumni "Roma"da o'tkazgan.

"Aston Villa"da u Unai Emeri bilan yana birlashdi. Ular "Sevilya"da birgalikda uch yil o'tkazib, andalusiyaliklarga uch marta Yevropa Ligasida g'olib chiqishga yordam berishgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: avfc.co.uk