"Sevilya" Saulni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
9 iyul 2024
"Sevilya" "Atletiko" xavbeki Saul Nigesni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Futbolchi ortiq Madrid klubi rejalariga kirmaydi.

"Sevilya" bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi. Klub Saulga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Muzokaralar faol ruhda davom etmoqda. 

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Saul barcha musobaqalarni inobatga olganda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma etkazib bergan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо