"Sevilya" Regilonni ijaga olishga yaqin

Alisher
2 iyul 2019
"Real" himoyachisi Serxio Regilon faoliyatini boshqa bir La Liga klubida davom ettirishga yaqin.

"Sevilya" 22 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqisiz ijaraga olishga kelishib oldi.

Bosh murabbiy Xulen Lopetegi shaxsan futbolchini o'z jamoasida ko'rishni xohlamoqda.

Ijara to'g'risidagi xabar rasman 4-iyulda e'lon qilinishi kutilmoqda.

Regilon 9 yoshidan boshlab "Real" akademiyasida shug'ullanishni boshlagan. 2015 yildan esa asosiy jamoadan chaqiruv olgan.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 22ta o'yin maydonga tushib, 3ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: AS