"Sevilya" "Real" hujumchisini xarid qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
19 dek 2021
Madridning "Real" klubi forvardi Mariano Dias Ispaniya chempionatining boshqa bir jamoasiga o'tishi mumkin.

Manbaga ko'ra, hujumchiga "Sevilya" qiziqmoqda. Aytishlaricha, klublar o'rtasidagi birinchi muzokara allaqachon bo'lib o'tgan.

"Qirollik klubi" dominikanlikni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga rozi. "Real"ning Mariano bilan kelishuvi 2023 yilgacha mo'ljallangan.

Avvalroq o'yinchiga A Seriya jamoalari qiziqayotgani aytilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes