Mariano Dias erkin agent sifatida "Sevilya" a'zosiga aylandi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2023, 12:20
"Sevilya" hujumchi Mariano Dias bilan kelishuvga erishganini e'lon qildi.

Futbolchi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va 2024/25 yilgi mavsum so'ngigacha shartnoma imzoladi.

Mariano Dias 2011 yildan 2017 yilgacha "Real" tizimida bo'lgan va u "Lion"ga 8 million evroga sotilgan. Oradan bir yil o'tib madridliklar uni 21,5 millionga qaytarib sotib oldi. U yozda erkin agentga aylandi.

30 yoshli Mariano o'tgan mavsum "Real" safida 11 ta o'yinda ishtirok etdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sevillafc.es