"Sevilya" rahbariyati ham mag'lubiyatni kechirmadi

Mirjalol Normatov
15 mar 2019
"Sevilya" rahbariyati bosh murabbiy Pablo Machinni iste'foga chiqardi.

Bunga jamoaning so'nggi vaqtlardagi yoqimsiz natijalari sabab bo'ldi. Kecha jamoa ELning 1/8 finali doirasida "Slaviya"ga 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi va turnirni tark etdi.

Mavsum yakuniga qadar jamoani Xoakin Kaparros boshqaradi.

Machin 2018 yilning bahorida "Sevilya" boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. Ayni damda jamoa 40 ochko bilan Primeroning 6-pog'onasida ketmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal